Daryo

Isroil 110 nafar falastinlik mahbusni ozod qildi (video)

HAMAS esa garovdagi uch nafar isroillik va besh nafar Tailand fuqarosini ozod etdi

1 daqiqa o‘qish4 625 ko‘rishlar0 izoh0

HAMAS 30-yanvar kuni garovga olgan sakkiz kishini — uch nafar isroillik va besh nafar Tailand fuqarosini Qizil Xochga topshirdi. Isroil buning evaziga 110 nafar falastinlik mahbusni ozod qildi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Foto: Reuters

Ozod qilinganlar orasida Isroil armiyasining 20 yoshli harbiy xizmatchisi Agam Berger ham bor. U 482 kun asirlikda bo‘lgan. Shuningdek, 29 yoshli Arbel Yahud va 80 yoshli Gadi Mozes ham ozod qilingan. Yahudning turmush o‘rtog‘i va akasi hali ham asirlikda qolmoqda.

Falastinlik 110 nafar mahbusdan 32 nafari umrbodga qamalgan, 48 nafari esa uzoq muddatli qamoq jazosini o‘tayotgandi. Shuningdek, ikki nafari 15 yoshli o‘smir, 30 nafari 18 yoshgacha bo‘lganlardir. Ozod qilingan mahbuslarning 21 nafari chet elga deportatsiya qilinishi kerak.

Foto: AP Photo

Tailand Tashqi ishlar vazirligiga ko‘ra, 2023-yil 7-oktyabr kuni HAMASning Isroilga hujumi paytida 31 nafar Tailand fuqarosi o‘g‘irlab ketilgan. Ularning aksariyati yil oxiriga kelib ozod qilingan. Isroilda umumiy hisobda 30 mingga yaqin Tailand fuqarolari yashaydi.

Foto: ozod qilingan Tailand fuqarolari / AP Photo

Avvalroq HAMAS harakati 7 kishini, yahudiy davlati esa 290 kishini ozod qilgandi. To‘rtinchi asirlar almashinuvi dam olish kunlari rejalashtirilgan. Biroq 29-yanvar kuni HAMAS Isroilni yonilg‘i, chodirlar, og‘ir texnika va boshqa uskunalar yetkazib berishni kechiktirib, kelishuvni xavf ostiga qo‘yishda ayblagan. Isroil hukumati falastinlik mahbuslarning keyingi ozod etilishini kechiktirgan. Jumladan, garovdagilar xavfsiz sharoitda ozod qilinmaguncha, falastinliklar ozod qilinmaydi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar