Daryo

Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Mazkur tayinlovga qadar Shokirjon Boltobayev Andijon viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi raisi lavozimida faoliyat yuritgan

1 daqiqa o‘qish42 349 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Auz.uz”

Shokirjon Boltaboyev Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Auz.uz”

Mazkur tayinlovga qadar Shokirjon Boltobayev Andijon viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi raisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Avvalroq Andijon viloyati hokimining o‘rinbosari, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i Manzura Yunusova o‘z arizasiga muvofiq egallab turgan lavozimidan ozod etilgani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek, Andijon viloyati Asaka, Xo‘jaobod va Jalaquduq tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar