Daryo

Shavkat Mirziyoyev Rossiya mudofaa vazirini qabul qildi

Sergey Shoygu Shavkat Mirziyoyevga Rossiya rahbari Vladimir Putinning samimiy salomini va ezgu tilaklarini yetkazdi

1 daqiqa o‘qish159 894 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Uchrashuvda harbiy va harbiy-texnik hamkorlik ko‘lamini kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, idoralararo hamkorlikni rivojlantirish, ikki tomonlama tadbirlar o‘tkazish, harbiy kadrlarni professional tayyorlash singari masalalar muhokama qilindi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Sergey Shoygu Shavkat Mirziyoyevga Rossiya rahbari Vladimir Putinning samimiy salomini va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar