Daryo

Neymar futbol tarixidagi eng yaxshi darvozabonlar beshligini aytdi

Ro‘yxatda Yevropa qit’asidan faqat bitta darvozabon o‘rin olgan

1 daqiqa o‘qish31 102 ko‘rishlar0 izoh0

“Al-Hilol” klubining braziliyalik futbolchisi Neymar uning uchun futbol tarixidagi eng yaxshi darvozabonlar kimlar ekanini ma’lum qildi.

Ro‘yxatda Yevropa qit’asidan faqat bitta darvozabon o‘rin olgan.

“Eng yaxshi darvozabonlar? Men ro‘yxatga Viktor Valdes, Klaudio Taffarel, Julio Sezar, Dida va Markosni kiritgan bo‘lardim”, deya Neymarning so‘zlarini Give Me Sport nashri.

Avvalroq Neymar o‘z faoliyatini boshlagan “Santos” klubiga qaytish istagi tufayli “Al-Hilol” bilan shartnomasini bekor qilishi va klubdan 65 million dollar olishni xohlayotgani haqida xabar berilgandi.

Joriy mavsumda Neymar “Al-Hilol” safida barcha musobaqalarda ikkita o‘yin o‘tkazgan, biroq samarali harakat qilmagan.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar