Daryo

Rasman. “Manchester Siti” Abduqodir Husanovga 50 million yevrolik taklif yubordi — manba

Klub va futbolchi o‘rtasida uzoq muddatli shartnoma imzolash ko‘zda tutilgan

1 daqiqa o‘qish42 894 ko‘rishlar0 izoh0

“Manchester Siti” Abduqodir Husanov transferi borasida “Lans”ga rasmiy taklif yubordi.

Sky Sport jurnalisti Patrik Bergerning yozishicha, Gvardiola boshchiligidagi jamoa 20 yoshli himoyachi uchun bonuslar bilan birga 50 mln yevro to‘lashga tayyor.

O‘z navbatida O‘zbekiston milliy jamoasi futbolchisi ham Angliya chempionatiga o‘tishga niyatida. Tomonlar uzoq muddatli shartnoma tuzishi kutilmoqda.

Transferlar borasida kuchli insayder hisoblangan Fabritsio Romano ham Abduqodir Husanov transferiga oz qolgani haqida ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar qilmoqda.

Avvalroq Husanov Buyuk Britaniya vizasiga ariza topshirgani haqida ma’lumot berilgan edi.

Husanov Angliyaning “Chelsi” va “Nyukasl” klublari, Ispaniyaning “Real”, shuningdek, Fransiyaning “PSJ” jamoasi qiziqishlari doirasida ekani xabar qilingandi. Agentlar Parij variantini o‘yin amaliyoti kafolati yo‘qligi sababli rad etgan.

Klub direktori futbolchining yanvarda jamoani tark etishi mumkinligi, ammo hali rasmiy takliflar bo‘lmagani haqida ma’lum qilgandi.

Husanov 2023-yilda Belarusning “Energetik-BGU” klubida o‘ynagan va shu yilning iyul oyida 100 ming yevro evaziga “Lans”ga transfer bo‘lgandi.

Husanov Fransiya klubi safida 31 ta o‘yinda maydonga tushib, bir marta golli uzatma amalga oshirdi. Uning fransuz klubi bilan tuzgan shartnomasi 2027-yilning iyuniga qadar amal qiladi.

Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, uning bozor qiymati 12 million yevroga baholangan.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar