Daryo

“Hech qanday muammo yo‘q”. Fabritsio Romano Abduqodir Husanovning “Manchester Siti”ga transferi borasida ma’lumot berdi

Futbolchi “shaharliklar” bilan shartnoma imzolashi kutilayotgan edi

1 daqiqa o‘qish64 692 ko‘rishlar0 izoh0

Futbol transferlari borasida ma’lumot beruvchi insayder Fabritsio Romano yana bir bor Abduqodir Husanovning “Manchester Siti”ga transferi tafsilotlariga to‘xtaldi.

Abduqodir Husanovning “Manchester Siti”ga o‘tishida hech qanday muammo yo‘q. “Lans” klubi bilan transfer borasidagi barcha hujjatlar tayyor, faqat o‘yinchi uchun viza kutilyapti, shundan so‘ng shartnoma imzolanishi va rasmiylashtirilishi kutilmoqda.

Husanov ham, Vitor Rays ham “Manchester Siti”da o‘ynaydi, deb yozdi Romano X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

O‘zbekiston terma jamoasi hamda “Lans” klubi futbolchisi Abduqodir Husanov “shaharliklar” bilan 2029-yilgacha shartnoma imzolashga kelishib olgani haqida xabar berilgan edi. Transfer summasi — 40 million yevro.

Ma’lumot uchun, “Lans” Husanovni 2023-yil iyul oyida “Energetik-BGU”dan 100 ming yevroga sotib olgandi.

Husanov Fransiya klubi safida 31 ta o‘yinda maydonga tushib, bir marta golli uzatma amalga oshirdi. Uning fransuz klubi bilan tuzgan shartnomasi 2027-yilning iyuniga qadar amal qiladi.

Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, uning bozor qiymati 12 million yevroga baholangan.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar