Daryo

Abduqodir Husanov “Manchester Siti”ni tanladi, u Buyuk Britaniya ishchi vizasiga ariza bergan — manba

Husanov va uning agentlari shu oyning oxiriga qadar Manchesterga uchib, shartnoma imzolashi kutilmoqda

1 daqiqa o‘qish73 394 ko‘rishlar0 izoh0

“Lans” va O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Buyuk Britaniya ishchi vizasini olish uchun hujjat topshirdi. Bu haqda “Telecomasia.net” sayti xabar bermoqda.

Foto: Getty Images

Manba bergan ma’lumotga ko‘ra, o‘tgan hafta 20 yoshli futbolchi va uning vakillari Buyuk Britaniya vizasini olish uchun zarur hujjatlarni topshirgan. Husanov va uning agentlari shu oyning oxiriga qadar Manchesterga uchib, shartnoma imzolashi kutilmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekiston milliy jamoasi futbolchisiga vakillik qiluvchi agentlik “Manchester Siti”ni tanlagan. Bunga bosh murabbiy Pep Gvardiolaning shaxsan qiziqishi sabab qilib ko‘rsatilgan.

Avvalroq Husanov Angliyaning “Chelsi” va “Nyukasl” klublari, Ispaniyaning “Real”, shuningdek, Fransiyaning “PSJ” jamoasi qiziqishlari doirasida ekani xabar qilingandi. Agentlar Parij variantini o‘yin amaliyoti kafolati yo‘qligi sababli rad etgan.

Foto: Getty Images

Qayd etish joizki, Husanov 2023-yilda Belarusning “Energetik-BGU” klubida o‘ynagan va shu yilning iyul oyida 100 ming yevro evaziga “Lans”ga transfer bo‘lgandi.  

Husanov Fransiya klubi safida 31 ta o‘yinda maydonga tushib, bir marta golli uzatma amalga oshirdi. Uning fransuz klubi bilan tuzgan shartnomasi 2027-yilning iyuniga qadar amal qiladi.

Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, uning bozor qiymati 12 million yevroga baholangan.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar