Daryo

O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston bosh vazirlari chegara masalasini muhokama qiladi

Uch tomonlama uchrashuv davlat chegaralari tutashgan nuqtada bo‘lib o‘tadi

1 daqiqa o‘qish14 926 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston hukumatlari rahbarlari uch tomonlama uchrashuv o‘tkazadi. Bu haqda Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qirg‘iziston prezidenti administratsiyasi rahbari Odilbek Qosimaliyev 8-yanvar kuni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzoda bilan uchrashadi. Uch tomonlama uchrashuv Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikiston davlat chegaralari kesishmasida bo‘lib o‘tadi, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, tomonlar o‘rtasida davlat chegaralari masalalari bo‘yicha ilgari erishilgan kelishuvlarga oid muzokaralar o‘tkaziladi. Qirg‘iziston Xitoy, Qozog‘iston, Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegaradosh. Xitoy va Qozog‘iston bilan chegara bo‘yicha barcha bahsli masalalar bir necha yil oldin hal qilingan. O‘zbekiston va Tojikiston bilan tegishli kelishuvlarni faqat 2023 va 2024-yillarda imzolashga muvaffaq bo‘lindi. Avvalroq Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov uning mamlakati O‘zbekiston va Tojikiston bilan barcha hududiy kelishmovchiliklarni hal qilganini aytgandi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar