Daryo

“Lans” Abduqodir Husanovni yanvarda sotishga tayyor

Klub boshqaruv direktoriga ko‘ra, futbolchinng klubni tark etishi aniq bo‘lib ulgurgan

1 daqiqa o‘qish27 186 ko‘rishlar0 izoh0

Fransiyaning “Lans” klubi rahbariyati 20 yoshli himoyachi Abduqodir Husanovni qishki transfer oynasida sotish niyatida ekanini rasman tasdiqladi.

Matbuotda futbolchining “Manchester Siti”ga o‘tishi haqida ko‘plab mish-mishlar tarqalmoqda, biroq klub rahbariyati hozircha ma’lum bir xaridor haqida izoh berishni istamayapti.

“Abduqodir Husanov haqiqatan ham klubimizni tark etadi. Hozircha bizni qoniqtiradigan taklifni olganimiz yo‘q”, deya bayonot berdi “Lans” boshqaruv direktori Per Dreossi.

Avvalroq “Nyukasl”, “Manchester Siti”, “Real” klublari Husanovni o‘zining himoya chizig‘ini kuchaytirish uchun ko‘rib chiqayotgan futbolchilar qatoriga qo‘shgani ma’lum qilingan edi.

Husanov “Lans” safida Liga 1 doirasida 13 ta o‘yinda maydonga tushdi. Ushbu davr mobaynida “PSJ”ga qarshi uchrashuvda qizil kartochka oldi va 2 o‘yinni o‘tkazib yubordi. Shunga qaramay, u Fransiya chempionatining eng istiqbolli yosh himoyachilaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda.

Mashhur agent Xorxe Mendesh, futbol olamidagi eng yirik kelishuvlarni amalga oshirgan shaxslardan biri hisoblanadi. U Husanov uchun yangi klub topish ishlarini boshqarayotgani xabar qilinmoqda. Mendeshning bu jarayonga qo‘shilgani futbolchining bozor qiymatining oshib borayotganini tasdiqlaydi. Uning transfer narxi 25-30 million yevro (20-25 million funt) atrofida baholanmoqda.

Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, Abduqodir Husanovning bozor qiymati 12 million yevroni tashkil etadi. “Lans” klubi esa 40 million yevro ishlab olish niyatida.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar