Daryo

“Milan” kambek evaziga Italiya Superkubogini qo‘lga kiritdi (video)

Saudiya Arabistonida o‘tkazilgan bahs gollarga boy bo‘ldi

1 daqiqa o‘qish7 464 ko‘rishlar0 izoh0

Futbol bo‘yicha Italiya Superkubogi final o‘yini kecha, 6-yanvar kuni bo‘lib o‘tdi. Bosh sovrin uchun bo‘lib o‘tgan bahsda “Inter” va “Milan” jamoalari o‘zaro to‘qnash keldi.

Foto: Getty Images

Milan derbisi neytral maydon — Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahridagi “Al-Avval Park” stadionida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda bosh hakam sifatida italiyalik Simone Sozza ishlad. 

O‘yinda hisobini 45+1 daqiqada “Inter” hujumchisi Lautaro Martines ochdi. 48-daqiqada Mehdi Taremi hisobni 2:0 ga yetkazdi. 52-daqiqada Teo Ernandes hisobdagi farqni qisqartirdi. 80-daqiqada Kristian Pulishich hisobni tenglashtirdi. 90+3 daqiqada “Milan” hujumchisi Temmi Abraham jamoasining g‘alaba goliga mualliflik qildi. O‘yin 3:2 hisobida “Milan” foydasiga hal bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Italiya Superkubogi yarim finalida “Inter” “Atalanta”ni 2:0 hisobida mag‘lub etgan edi. “Milan” esa “Yuventus”ni 2:1 hisobida mag‘lub etib, turnirdan chiqarib yuborgan edi.

Ma’lumot uchun, barcha uchrashuvlar Saudiya Arabistonida o‘tkazildi.

Italiya Superkubogi.

Final

6-yanvar, dushanba

“Inter” — “Milan” 2:3

Gollar: 1:0 — Martines (45+1),  2:0 — Torimiy (47), 2:1 — Ernandes (52), 2:2 — Pulishich (80), 2:3 —Abraham (90+3).

“Inter”: Zommer, Bastoni, de Vrey (Darmian, 84), Bissek, Chalxono‘g‘li (Aslani, 35), Mxitaryan (Zelinski, 65), Barella (Frattezi, 84), Dimarko (Karlos Augusto, 66), Dumfris, Martines, Torimiy.

“Milan”: Menyan, Teo, Tiav, Tomori, Emerson (Kalabriya, 87), Reynders (Loftus-Chik, 77), Fofana, Musa (Abraham, 77), Pulishich, Morata, Ximenes (Leau, 50).

Ogohlantirishlar: Mxitaryan (51), Dumfris (54), Tomori (57), Barella (72), Bastoni (89).

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar