Daryo

Italiya Superkubogi: “Milan” irodali g‘alaba bilan finalga yo‘l oldi (video)

Uchrashuv taqdirini avtogol hal qildi

1 daqiqa o‘qish5 970 ko‘rishlar0 izoh0

Futbol bo‘yicha Italiya Superkubogi yarim final bosqichi kecha 3-yanvar kuni bo‘lib o‘tdi. Unda “Milan” mamlakat kubogi sohibi “Yuventus”ni mag‘lub etib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

A Seriya vitse-chempioni hisoblangan “rossoneri” yangi bosh murabbiyi Serjui Konseysau boshqaruvida ilk o‘yinini g‘alaba bilan boshladi.

Riyoddagi “Kingdom Arena”da o‘tkazilgan o‘yinda dastlab 21-daqiqada “Yuventus” futbolchisi Kenan Yildiz hisobni ochdi. Biroq ikkinchi bo‘limda Kristian Pulishich penaltidan gol urib, muvozanatni tikladi. Oradan ko‘p o‘tmay, Gatti avtogol muallifiga aylanib, “Milan”ning muhim g‘alabasiga hissa qo‘shdi.

Endi “Milan” 6-yanvar kuni finalda shahardoshi, so‘nggi uch yilning amaldagi chempioni “Inter” bilan kuch sinashadi.

Italiya Superkubogi

Yarim final

3-yanvar, juma

“Yuventus” — “Milan” 1:2

Gollar: 1:0 — Yildiz (21), 1:1 — Pulishich (71, penalti), 1:2 — Gatti (76, avtogol).

“Yuventus”: Di Gregorio, Kalulu, Gatti, Savona, Makkenni (Vea, 86), Tyuram (Duglas Luis, 79), Lokatelli (Fajoli, 86), Kopmeyners, Mbangula (Kambiyazo, 65), Yildiz, Vlahovich (Gonsales, 65).

“Milan”: Menyan, Teo, Tiav, Tomori, Emerson (Gabbiya, 82), Reynders, Fofana, Binnosir (Musa, 54), Ximenes (Abraham, 61), Morata (Terrachchano, 82), Pulishich.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar