Daryo

Armaniston sobiq mudofaa vaziri Moskvada qo‘lga olindi

U uch yil davomida Pashinyanning maslahatchisi bo‘lgan

1 daqiqa o‘qish8 729 ko‘rishlar0 izoh0

Armanistonning sobiq mudofaa vaziri Arshak Karapetyan Moskvada qo‘lga olindi. Bu haqda ichki ishlar vazirligiga yaqin manbaga tayanib, “RBK” xabar berdi.

Foto: “TASS”

Hududiy politsiya bo‘limidagi suhbatdosh ham ma’lumotni tasdiqlagan. Karapetyan 29-dekabr kuni Moskva markazida hibsga olingan. Sobiq amaldor 57 yoshda. U 2018-yildan 2021-yilgacha Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan maslahatchisi bo‘lgan.

2021-yil aprel-iyul oylarida Armaniston Bosh shtabi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan. Keyin ikki hafta davomida mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari, 2-avgust kuni esa mudofaa vaziri etib tayinlangan. Karapetyan uch oydan keyin ishdan bo‘shatilgan, 15-noyabr kuni Suren Papikyan vazir lavozimini egallagandi.

Arshak Karapetyan mamlakatida “Tadbirkorlik faoliyatida qonunga xilof ravishda ishtirok etish”, “Mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish” va “Hokimiyat vakolatlarini suiiste’mol qilish” kabi bir necha moddalar bo‘yicha qidiruvga berilgan.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar