Daryo

Erdo‘g‘on islomiy mamlakatlarni Isroilni izolyatsiya qilishga chaqirdi

13-noyabr kuni Turkiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzganini ma’lum qilgandi

1 daqiqa o‘qish10 924 ko‘rishlar0 izoh0

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on islomiy mamlakatlarni mintaqadagi agressiv harakatlari tufayli Isroilni xalqaro miqyosda izolyatsiya qilish jarayoniga qo‘shilishga chaqirdi. Bu haqda u Qohirada bo‘lib o‘tgan “Islom sakkizligi” (D-8) sammitida aytib o‘tdi.

Isroilning Suriya va butun mintaqamiz barqarorligiga tahdid solayotgan noqonuniy harakatlariga qat’iyroq javob berishimiz kerak, deb hisoblayman. Biz islomiy davlatlar sifatida Isroilga qarshi qo‘yilishi kerak bo‘lgan qadamlarga boshchilik qilishimiz kerak. Avvalo, Isroilga qurol embargosini joriy etish va “u bilan savdoni” to‘xtatish juda muhim, dedi Erdo‘g‘on.
Foto: Reuters

Turkiya prezidenti Anqaraning BMTda Isroilga qurol embargosi ​​joriy etish bo‘yicha tashabbusini esladi. O‘shanda bu tashabbusni 52 davlat va 2 xalqaro tashkilot qo‘llab-quvvatlagandi.

Avvalroq Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Turkiya G‘azo sektoridagi mojaroga barham berilmaguncha Falastin xalqini qo'llab-quvvatlashini aytib o‘tgandi.

“Genotsid to‘xtab, G‘azo va Falastin butunlay ozod bo‘lgunga qadar birodarlarimizni bor kuch va vositalarimiz bilan qo’llab-quvvatlaymiz” degandi u.

13-noyabr kuni Turkiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni to‘xtatdi.

Foto: Reuters

“Biz Turkiya davlati va hukumati sifatida Isroil bilan aloqalarimizni uzdik”, deya ma’lum qildi Erdo‘g‘on.

Shuningdek, u Anqara kelajakda Tel-Aviv bilan hamkorlikni rivojlantirish uchun hech qanday qadam tashlamasligini qo‘shimcha qildi.

Toshkentdanman. O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetini tamomlaganman. 20 yildan beri jurnalistika sohasidaman. “Daryo”da 2022-yildan beri ishlayman. Hozirda Tahlil va tarjima bo‘limi boshlig‘iman. Yoqtirgan kinoim: "Balamut". Kitoblardan esa O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari yoqadi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar