Daryo

Shveysariya Ukrainaga qo‘shimcha 50 million dollar miqdorida yordam beradi

Urush boshlangandan beri Shveysariya Ukrainaga umumiy miqdorda 500 mln dollardan ortiq yordam ajratgan

1 daqiqa o‘qish5 228 ko‘rishlar0 izoh0

Shveysariya qishda Ukraina energetika infratuzilmasini qo‘llab-quvvatlash va boshqa gumanitar ehtiyojlar uchun Kiyevga qo‘shimcha 50 million dollar ajratadi. Bu haqda Shveysariya Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, mablag‘ energiya tizimini tiklash, vayron bo‘lgan turar joy binolarini ta’mirlash va gumanitar yordam ko‘rsatishga yo‘naltiriladi. Xususan, ehtiyot qismlari, yoqilg‘i yetkazib berish, energiya samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan investitsiyalar, elektr uzatish liniyalari uchun ishlab chiqarish uskunalari va kabellar yetkazib berish ko‘zda tutilgan.

Yangi yordam paketi bilan Shveysariya tomonidan joriy qishda Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun ajratilgan mablag‘larning umumiy miqdori qariyb 145 million dollarga yetadi.

Umuman olganda, urush boshlangan 2022-yildan beri Shveysariya Ukrainaga 500 million dollardan ortiq yordam ajratgan. 

Foto: Report.az

Avvalroq AQSH Ukrainaga bir yilga yetadigan qurol-yarog‘ yuborishi xabar qilingandi.

“Biz allaqachon taqdim etgan va Bayden administratsiyasi faoliyati yakunlangunga qadar yuboriladigan resurslar Ukrainani 2025-yil oxirigacha urush uchun zarur bo‘lgan qurol-yarog‘ bilan ta’minlaydi”, dedi AQSH davlat departamenti vakili Metyu Miller.

Foto: AP Photo 

AQSHning Kiyevga yordami ikki asosiy yo‘l bilan amalga oshiriladi: Pentagon omborlaridan harbiy mol-mulkni jo‘natish tashabbusi va yangi uskunalarni sotib olishni nazarda tutuvchi USAI dasturi orqali.

Hozirgi ma’muriyat Baydenning muddati tugagunga qadar Ukrainaga kelishilgan barcha mablag‘larni ajratish niyatida ekanini bir necha bor e’lon qilgan. Mazkur summa, taxminan, 9 milliard dollarga yetadi.

Toshkentdanman. O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetini tamomlaganman. 20 yildan beri jurnalistika sohasidaman. “Daryo”da 2022-yildan beri ishlayman. Hozirda Tahlil va tarjima bo‘limi boshlig‘iman. Yoqtirgan kinoim: "Balamut". Kitoblardan esa O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari yoqadi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar