Daryo

Isroil G‘azodagi maktabga hujum qildi, 15 kishi halok bo‘ldi 

Falastinliklar maktabdan boshpana sifatida foydalangan. Hujum ogohlantirishsiz amalga oshirilgan

1 daqiqa o‘qish7 364 ko‘rishlar0 izoh0

Isroil armiyasi falastinliklar boshpana sifatida foydalanayotgan Beyt-Hanun hududidagi “Halil Uvayda” maktabiga hujum qildi. Oqibatda 15 kishi halok bo‘ldi, ko‘pchilik jarohatlandi. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.

Arxiv foto: Isroilning Nuseyratdagi qochqinlar lageriga bergan hujumi qurbonlari / 13-dekabr / AP Photo

Xabarga ko‘ra, Isroil harbiy tanklar bilan hujumni amalga oshirgan. Maktab atrofida harbiy amaliyotlar davom etayotgani aytilmoqda.

“Ularning (falastinliklarning) boradigan joyi yo‘q, chunki Isroil harbiy kuchlari hududni tanklar va zirhli mashinalar bilan o‘rab olib, maktabga og‘ir artilleriya bilan zarba bermoqda”, dedi Al Jazeera muxbiri Hani Mahmud.

Guvohlarga ko‘ra, maktabga hujum paytida ko‘pchilik “og‘ir tan jarohati” olgan. Qurbonlar orasida to‘rt kishilik oila, jumladan, ikki nafar bola ham bor. Ular boshpana sifatida foydalanayotgan sinfxona artilleriya o‘qidan “to‘g‘ridan to‘g‘ri zarba” olgan.

“Jarohatlanganlarning ko‘pchiligi maktab hovlisida va boshqa sinfxonalarda yotibdi. Ular hech qanday davolanish muolajasi ololmayapti, chunki Beyt-Hanundagi hech qaysi shifoxona ishlamayapti”, dedi muxbir.

U maktabga bostirib kirish oldindan ogohlantirishsiz sodir bo‘lganini ta’kidladi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar