Daryo

IBA rahbari boks bo‘yicha o‘zbekistonlik Olimpiada chempionlarini 100 ming AQSH dollari bilan taqdirladi

Mukofot Dubayda bo‘layotgan tashkilot tadbirlari doirasida topshirildi

1 daqiqa o‘qish79 364 ko‘rishlar0 izoh0

Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) rahbari Umar Kremlyov Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida bo‘lib o‘tayotgan tashkilot tadbirlari doirasida o‘zbekistonlik Olimpiada chempioni bo‘lgan bokschilarni 100 ming dollar pul mukofoti bilan taqdirladi.

Foto: Instagram

Mukofot olganlar orasida o‘zbekistonlik bokschilar Hasanboy Do‘stmatov, Bahodir Jalolov, Lazizbek Mullojonov, Abdumalik Halokov va Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayevlar bor.

Avvalroq IBA rahbari Shahobiddin Zoirov ishtirokida jangning 5-raundigacha nokaut orqali g‘olib bo‘lgan bokschi 1 mln dollarlik mukofot puliga ega bo‘lishini xabar qilgan edi. Ushbu jang to‘liq o‘tkazildi va sovringa hech kim ega chiqmadi.

Ma’lumot uchun, Kremlyov Olimpiada g‘oliblariga 100 ming AQSH dollari (50 ming sportchining o‘ziga, 25 ming murabbiyiga, 25 ming mamlakat boks federatsiyasiga), kumush medal egalari 50 ming hamda bronza medali uchun 25 ming AQSH dollari miqdoridagi pul mukofoti berilishini ma’lum qilgan edi.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar