Daryo

Boks. Shahobiddin Zoirov IBA‘ning “Chempionlar oqshomi”da mag‘lub bo‘ldi

O‘zbekistonlik bokschiga Venesuela vakili Yoel Finol raqiblik qildi

1 daqiqa o‘qish54 611 ko‘rishlar0 izoh0

Dubaydagi “The Agenda” majmuasida boks bo‘yicha “IBA Chempionlar oqshomi” musobaqasi o‘tkazildi.

Foto: Instagram

Musobaqaning ikkinchi asosiy jangida Rio Olimpiadasi g‘olibi, o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi Shahobiddin Zoirov ringga ko‘tarildi. 

O‘zbekistonlik bokschiga Venesuela vakili Yoel Finol raqiblik qildi. 

Eng yengil vazn toifasida tashkil etilgan 10 raundlik jang IBA Pro tasnifidagi chempionlik kamari uchun tashkil etildi. 

Venesuela vakili Yoel Finolga (5-0) qarshi jang to‘liq 10 raund davom etdi va hakamlar ochkolar soniga (95:95, 94:96, 94:96) ko‘ra venesuelalik bokschining g‘alabasini qayd etishdi. 

Avvalroq IBA rahbari mazkur jangning 5-raundigacha nokaut orqali g‘olib bo‘lgan bokschi 1 mln dollarlik mukofot puliga ega bo‘lishini xabar qilgan edi. Endilikda ushbu bonus hech bir bokschiga berilmaydigan bo‘ldi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar