Daryo

Zelenskiy Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari sonini ochiqladi 

Prezident Rossiyaning yo‘qotishlari bo‘yicha ham ma’lumot berdi

1 daqiqa o‘qish25 192 ko‘rishlar0 izoh0

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy keng ko‘lamli urush boshlanganidan buyon qancha harbiy halok bo‘lganini oshkor qildi. Siyosatchi o‘zining Telegram kanalida bu haqda ma’lumot berdi.

Foto: AFP

Xalqimiz o‘z hayotlari evaziga uylarini himoya qilmoqda va har bir jangchimiz hamda fuqaromizning hayoti biz uchun qadrlidir. Ukraina keng ko‘lamli urush boshlanganidan beri jang maydonida 43 ming askarini yo‘qotdi. Yaradorlarga yordam ko‘rsatishning 370 ming holati qayd etilgan.

Bu raqam armiyamizda yaradorlarning taxminan 50 foizi safga qaytayotgani va barcha jarohatlar, shu jumladan, yengil va takroriy jarohatlar hisobga olinganini ko‘rsatadi, dedi Zelenskiy.

Shuningdek, siyosatchi Rossiyaning urushdagi yo‘qotishlari bo‘yicha o‘z bahosini ham bildirdi. Jumladan, “dushman tomon” 198 ming kishini yo‘qotgan, 550 mingdan ortiq kishi esa yaralangan.

2024-yil fevral oyida Zelenskiy Rossiya bilan keng ko‘lamli urush boshlanganidan beri 31 ming ukrainalik harbiy xizmatchi halok bo‘lganini aytgandi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar