Daryo

Isroilning Iordaniyadagi elchixonasi yonida otishma yuz berdi (video)

Hujum oqibatida jarohatlanganlar bor, otishma uyushtirgan shaxs otib o‘ldirildi

1 daqiqa o‘qish8 134 ko‘rishlar0 izoh0

Isroilning Iordaniyadagi elchixonasi yonida 24-noyabr kuni otishma yuz berdi, xavfsizlik xizmatining uch xodimi yaralandi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Foto: Reuters

Ma’lum qilinishicha, yaradorlarga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Hujum sodir etgan shaxs Amman shahridagi Rabia tumanida politsiya patrulini o‘qqa tutgan. Huquq-tartibot xodimlari javob o‘ti ochib, jinoyatchini yo‘q qilgan.

Politsiya otishma yuz bergan Rabia tumanini o‘rab olgan, elchixonaga olib boruvchi yo‘llar yopilgan va mahalliy aholi xavfsizlik nuqtayi nazaridan uylaridan chiqmaslikka chaqirilgan. Xavfsizlik xizmati xodimlari hodisaga aloqador shaxslarni qidirmoqda.

Isroil elchixonasiga qilingan hujumlar

G‘azo sektorida urush boshlanganidan so‘ng, dunyoning turli mamlakatlaridagi Isroil diplomatik vakolatxonalariga bir necha marta hujumlar uyushtirildi. Jumladan, oktyabr oyida Daniya va Shvetsiyada Isroil elchixonalari yaqinida portlashlar va otishmalar yuz berdi.

Sentyabr oyida Myunxendagi Isroil bosh konsulxonasi atrofida otishma sodir bo‘ldi. Iyun oyida esa Belgradda Isroil elchixonasini qo‘riqlayotgan serb politsiyachisiga bir kishi arbaletdan o‘q uzdi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar