Daryo

AQSH o‘zining yadroviy doktrinasiga o‘zgartirish kiritish niyatida emas

19-noyabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin yangi yadroviy doktrina asoslarini tasdiqlagan edi. AQSH bunga javoban hech qanday chora ko‘rmasligini ma’lum qildi

1 daqiqa o‘qish4 802 ko‘rishlar0 izoh0

AQSH Rossiyaning yadroviy doktrinasini yangilashi munosabati bilan javob choralarini ko‘rishni rejalashtirmayapti.

Bu haqda Oq uy vakili Karin Jan-Pyer brifingda ma’lum qilgan.

Foto: “Report.az”
Biz Rossiyaning bayonotlariga javoban yadro siyosatimiz yoki doktrinamizni o‘zgartirish uchun hech qanday sabab ko‘rmayapmiz, deb ta’kidladi Jan-Pyer.

U, shuningdek, Qo‘shma Shtatlar “Rossiyaning yadroviy doktrinasini o‘zgartirish qaroridan hayratga tushmaganini” aytib o‘tdi.

“Rossiya bir necha hafta davomida o‘z doktrinasini yangilamoqchi ekanini bildirib kelayotgandi”, dedi Oq uy matbuot kotibi.

19-noyabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin yangi yadroviy doktrina asoslarini tasdiqlagan edi.

Yangi doktrinaga ko‘ra, Ukrainaning Rossiyaga qarshi G‘arbning yadrosiz raketalarini qo‘llashi yadroviy javob zarbasiga olib kelishi mumkin, deya tushuntirish berdi rasmiy Kreml.

Foto: “RIA Novosti”

Shu bilan birga, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov mamlakat har doim yadro urushining oldini olish tarafdori ekanini ma’lum qilgan.

Biz yadroviy urushning oldini olish uchun hamma narsa qilinishi kerak, degan pozitsiyaga qatʼiy amal qilamiz. Yadroviy qurol, eng avvalo, har qanday yadroviy urushni to‘xtatish, oldini olish, tiyib turish vositasi ekaniga aminmiz. Biz vaziyatga shunday yondashamiz, dedi Rossiya TIV rahbari.

Toshkentdanman. O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetini tamomlaganman. 20 yildan beri jurnalistika sohasidaman. “Daryo”da 2022-yildan beri ishlayman. Hozirda Tahlil va tarjima bo‘limi boshlig‘iman. Yoqtirgan kinoim: "Balamut". Kitoblardan esa O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari yoqadi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar