Daryo

Tayson kelgusi yili yana jang qilishni rejalashtirmoqda

58 yoshli bokschi faoliyatini yakunlamoqchi emas

1 daqiqa o‘qish29 868 ko‘rishlar0 izoh0

Boks bo‘yicha sobiq mutlaq jahon chempioni Mayk Tayson faoliyatini yakunlamoqchi emas va navbatdagi jangini 2025 yilda o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Tayson vakili TASS’ga xabar berdi.

Foto: Getty Images

Shanba, 16-noyabr kuni bokschi sakkiz raundlik jangda bloger Jeyk Polga hakamlarning yakdil qarori bilan yutqazdi.

“Mayk hali ham jang qilishni xohlaydi. U navbatdagi jangini 2025-yilda o‘tkazishi mumkin. Biz uning raqibi kim bo‘lishi haqidagi savollarga keyinroq javob beramiz”,— dedi bokschining vakili.

Ma’lumot uchun, Tayson 58 yoshda. Uning hisobida 50 ta g‘alaba (44 ta nokaut) va 7 ta mag‘lubiyat bor. Yana ikki jang haqiqiy emas deb topilgan.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar