Daryo

“1000 ta gol urish haqida o‘ylayotganim yo‘q” — Krishtianu Ronaldu 

Hujumchi Millatlar ligasi doirasida Polsha terma jamoasi bilan o‘yinda dubl qayd etdi

1 daqiqa o‘qish70 378 ko‘rishlar0 izoh0

Portugaliya terma jamoasi va “An-Nassr” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu faoliyati yakunigacha 1000 ta gol urishni o‘ylamayotgani haqida gapirdi.

Foto: Getty Images
“To‘g‘risini aytadigan bo‘lsam, faoliyatim davomida 1000 ta gol urish haqida o‘ylayotganim yo‘q. Ha, doim tarixga kirgim keladi, ammo hozir bor eʼtiborim rekordda emas” dedi Portugaliya terma jamoasi hujumchisi.

Eslatib o‘tamiz, Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Millatlar ligasi doirasida Polsha terma jamoasi bilan o‘yinda (5:1) dubl qayd etdi.

Ronaldu uchun bu terma jamoadagi 134 va 135-gollardir. Futbol yulduzi faoliyati davomida 910 ta gol urgan.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar