Daryo

“Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi” — Jo Bayden

“Xotinim har safar nazoratdan chiqib ketganinimni sezsa, meni kosmosga jo‘natish uchun NASA direktoriga qo‘ng‘iroq qilishini aytib, tahdid qiladi”, degan Bayden

1 daqiqa o‘qish9 104 ko‘rishlar0 izoh0

AQSH prezidenti Jo Bayden birinchi xonim Jill Bayden ba’zida uni koinotga jo‘natish bilan tahdid qilishini tan oldi. Amerika yetakchisining Peru Respublikasi prezidenti Dina Boluarte bilan uchrashuvdagi bayonotlaridan Oq uy matbuot xizmati iqtibos keltirmoqda.

Bayden “Koinotni tadqiq qilishda AQSH-Peru hamkorligi” haqida gapira turib, Milliy aeronavtika va koinot boshqarmasi (NASA) direktori Bill Nelsonning bu boradagi rolini ta’kidladi. 

Foto: Reuters

“Xotinim har safar nazoratdan chiqib ketganimni sezsa, meni kosmosga jo‘natish uchun NASA direktoriga qo‘ng‘iroq qilishini aytib, tahdid qiladi”, dedi Bayden. Uning bu gaplari yig‘ilganlarning kulgisiga sabab bo‘ldi. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, u NASA rahbari bu g‘oyani qo‘llab-quvvatlashidan qo‘rqadi.

Shu bilan birga, Bayden may oyida Peru Respublikasi Amerikaning kosmosdagi xatti-harakatlar normalari bo‘yicha Artemida kelishuvi deb nomlangan takliflariga qo‘shilganini eslatdi.

Amerikaning Oyni tadqiq qilish bo‘yicha “Artemida” dasturi Qo‘shma Shtatlar va boshqa mamlakatlar o‘rtasidagi ikki tomonlama kelishuvlar seriyasidir. Mazkur dasturga 1967-yilgi Kosmos bo‘yicha shartnomaning tamoyillari asos qilib olingan.

2020-yil may oyida NASA kelishuvning asosiy qoidalarini e’lon qilgan.

Bayden va Tramp uchrashuvi

AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp amaldagi davlat rahbari Jo Bayden bilan uchrashish uchun Oq uyga keldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, uchrashuv chog‘ida Bayden va Tramp hokimiyatni tinch yo‘l bilan topshirish zarurligi haqida kelishib olgan.

Foto: Reuters

Shuningdek, ular yana boshqa bir qator masalalarni muhokama qildi.

“Siyosat — og‘ir ish. Bu ko‘p hollarda turli to‘polonlarga sabab bo‘ladi. Lekin bu safar unday emas. Men jarayon iloji boricha silliq o‘tishini qadrlayman”, dedi Tramp.

Toshkentdanman. O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetini tamomlaganman. 20 yildan beri jurnalistika sohasidaman. “Daryo”da 2022-yildan beri ishlayman. Hozirda Tahlil va tarjima bo‘limi boshlig‘iman. Yoqtirgan kinoim: "Balamut". Kitoblardan esa O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari yoqadi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar