Daryo

Ukraina Rossiya bilan muzokaralar boshlashga tayyorlanmoqda — Reuters 

Ismini oshkor etmagan ukrainalik amaldor ayrim tafsilotlarni ma’lum qildi

1 daqiqa o‘qish11 834 ko‘rishlar0 izoh0

Donald Trampning AQSH prezidentligi saylovidagi g‘alabasi fonida Ukraina Rossiya bilan muzokaralar olib borishga tayyorlanmoqda. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.

Foto: Reuters

Hozirda Ukraina tinchlik muzokaralarida o‘zining boshlang‘ich pozitsiyasini mustahkamlash uchun qo‘shimcha qurol-yarog‘ yetkazib berish va jang maydonidagi pozitsiyalarini saqlab qolishga intilmoqda. Tramp prezidentlikka kirishgach, Ukrainadagi urushni “24 soat ichida” tugatishga va’da bergandi.

Kelgusi to‘rt-besh oy urushda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Bu qish hal qiluvchi payt. Umid qilamanki, urush yakuniga yaqinlashmoqda. Hozir biz muzokaralarda har ikki tomonning pozitsiyalarini aniqlab olamiz, deydi ismini oshkor etmagan ukrainalik amaldor.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Kiyevda Tramp ma’muriyatidagi asosiy lavozimlarga kimlar tayinlanishi kutilmoqda. Chunki bu ularning Ukrainaga nisbatan qanday siyosat yuritmoqchi ekanini tushinishda yordam beradi. Ukrainalik rasmiy AQSHning yangi prezidenti lavozimga kirishganidan so‘ng Kiyevga ko‘rsatiladigan yordam qisqarishi xavfini tan oldi.

Umid qilamanki, Bayden ma’muriyati yordam ko‘rsatish sur’atini tezlashtirish orqali bu xavfdan qochishga harakat qiladi, dedi u.

Avvalgi muzokaralar va shartlar

Rossiya va Ukraina o‘rtasida 2022-yil 17-mart, 15-aprel va 29-mart kuni Istanbulda muzokaralar bo‘lib o‘tgandi. Moskva Qrimni Rossiyaning bir qismi sifatida tan olishni, Rossiyaga qarshi barcha sanksiyalarni bekor qilishni, barcha sud da’volarini to‘xtatishni, mamlakat Xalqaro jinoiy sudga tortilmasligi bo‘yicha talablarni ilgari surgan. Ukraina tomoni ularni muhokama qilishdan bosh tortgan.

Kiyev Rossiyaning harbiy ittifoqlarga, avvalambor NATOga qo‘shilmaslik bo‘yicha talabini bajarishga tayyor bo‘lgan, buning evaziga Rossiya Ukrainaning Yevroittifoqqa kirishiga qarshilik qilmagan.

Ukraina esa hududiy yaxlitlikni ta’minlash, harbiy hujumlarni to‘xtatib, kuchlarni olib chiqish, Qrimning maqomini muhokama qilish, infratuzilmani tiklash talabini ilgari surgan. Prezident Vladimir Zelenskiy Rossiyaning talablarini “ishonib bo‘lmaydigan ultimatum” deb baholagan. Ukraina tomoni mojaroni 1991-yilgi chegaralarga qaytish bilan yakunlanishi kerakligini ta’kidlagan.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar