Daryo

Pokistondagi temiryo‘l vokzali yaqinida portlash sodir bo‘ldi

Oqibatda 20 kishi halok bo‘ldi, 30 ga yaqin inson yaralandi. Qurbonlar soni ortishi mumkin

1 daqiqa o‘qish7 037 ko‘rishlar0 izoh0

Pokiston janubi-g‘arbidagi Balujiston viloyati Kvetta temiryo‘l vokzali yaqinida portlash sodir bo‘ldi. Oqibatda kamida 20 kishi halok bo‘ldi, 30 ga yaqin inson yaralandi.

Bu haqda Geo News telekanali xabar berdi.

Foto: “Report.az”

Maʼlumotlarga ko‘ra, portlash vokzal kassasida poyezd perronga yetib kelishidan oldin sodir bo‘lgan.

“O‘sha paytda bekatda ko‘plab odamlar to‘planganini hisobga olsak, qurbonlar soni ortishi ehtimoli yuqori”, deb ta’kidlaydi telekanal.

Politsiya va qutqaruvchilar zudlik bilan portlash joyiga yetib borgan. Kvetta kasalxonasida favqulodda holat e’lon qilinib, qo‘shimcha shifokorlar va yordamchi xodimlar jalb etilgan.

Qayd etilishicha, poyezd Peshovarga ertalab soat 9 da jo‘nab ketishi kerak bo‘lgan. 

Toshkentdanman. O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetini tamomlaganman. 20 yildan beri jurnalistika sohasidaman. “Daryo”da 2022-yildan beri ishlayman. Hozirda Tahlil va tarjima bo‘limi boshlig‘iman. Yoqtirgan kinoim: "Balamut". Kitoblardan esa O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari yoqadi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar