Daryo

Chirchiq daryosidan qum-shag‘al aralashmasi qazib olinishi oqibatida tabiatga 233 mlrd so‘m zarar yetkazildi

Holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar Toshkent viloyati prokuraturasiga yuborildi

1 daqiqa o‘qish6 739 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkent viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi, viloyat prokuraturasi hamda huquqni muhofaza qilish organlari hamkorligida navbatdagi tungi reyd tadbiri o‘tkazildi. Bu haqda Ekologiya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Ekologiya vazirligi matbuot xizmati

Maʼlum qilinishicha, Yangiyo‘l tumani, “Paxtachi” MFY hududida bo‘lib o‘tgan reyd davomida davlat raqami yechib olingan yuklagich (ekskavator) yordamida yuk tashuvchi avtotransport vositasiga Chirchiq daryosining oqim bo‘ylab o‘ng qirg‘og‘i muhofaza mintaqasi hududidan qum-shag‘al aralashmasi ortib berilayotgani aniqlandi. 

Inspektorlar tomonidan holatga aniqlik kiritilganida “M.Q.T.” MCHJga tegishli avtotransport vositalari yordamida qum-shag‘al aralashmasi qazib olinib, “G.S.” MCHJga tegishli bo‘lgan tosh maydalash sexiga olib borib to‘kilayotgani maʼlum bo‘ldi. 

Hisob-kitoblarga ko‘ra, tabiatga 233 milliard 99 million 588 ming 672 so‘m zarar yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar huquqiy baho berish va tegishli chora ko‘rish uchun Toshkent viloyati prokuraturasiga va boshqa huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi.

Avvalroq Chirchiq daryosidan qum-shag‘al aralashmasi qazib olinishi oqibatida tabiatga 273,8 mlrd so‘m zarar yetkazilgani haqida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar