Daryo

OCHL-2. “Nasaf” o‘zida Iordaniya klubiga mag‘lub bo‘ldi

Qarshiliklar “Al Husseyn”ga qarshi ikkinchi o‘yinda ham imkoniyatni boy berdi

1 daqiqa o‘qish14 834 ko‘rishlar0 izoh0

Futbol bo‘yicha OCHL-2 turnirining 4-turidan o‘rin olgan o‘yin 6-noyabr, chorshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: “Nasaf”

“Nasaf” Qarshidagi “Markaziy” stadionida “Al Husseyn”ga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvning 23-daqiqasida Sharof Muhiddinov hisobni ochdi. 31-daqiqada esa Reziq Muhammad hisobni tenglashtirdi. Bo‘lim oxirida Reziq dublni rasmiylashtirdi.

Ikkinchi bo‘limda esa darvozalar ishg‘ol etilmadi va Iordaniya klubi 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Ro‘ziqul Berdiyev jamoasi ilk turda “Kuvayt” bilan 0:0 hisobida durang qayd etgandi. 2-turda esa “Shabob al Ahli”ni mag‘lub etgandi. 3-turda aynan “Al Husseyn”ga qarshi bahsda 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgandi.

OCHL-2

4-tur bahsi

6-noyabr, chorshanba

“Nasaf” – “Al Husseyn” 1:2

Gollar: 1:0 — 23 Muhiddinov, 1:1 — 31 Reziq Muhammad, 1:2 — 45+2 Reziq Muhammad.

“Nasaf”: 35.Abduvohid Ne’matov, 5.G‘olib G‘aybullayev, 7.Akmal Mozgovoy, 8.Zafarmurod Abdirahmatov (6.Murod Rahmatov, 67), 9.Javohir Sidiqov (70.Jaba Jigauri,46), 14.Sharof Muhiddinov, 19. Stefan Cholovich ( 88.Marko Stanoyevich, 80) 22.Igor Golban (28.Shuhrat Muhammadiyev, 46), 32.Zoran Marushich (10.Bobir Abdixoliqov, 46), 34.Sherzod Nasrullayev, 77.Oybek Bozorov.

“Al Husseyn”: 1.Yazid Abdulla, 3.Abdallah Nasib, 5.Ali Ahmad Hajabi ( 17.Adham Muhammad Al Quraishi, 61), 8.Raja Aed Hasan, 13.Mahmud Al Mardi, 15.Saed Ahmad Al Rosan, 21.Salim Amer Obeid (88.Italo Enrike Silva, 74), 24.Ehsan Haddad, 36.Abduljalel Ajagun, 77.Orif Haitam (90.Reziq Muhammad Banihani, 15) 98.Yusuf Abu Jalbush.

Ogohlantirishlar: Abdallah Nasib (5), Zafarmurod Abdirahmatov (13), Rezik Muhammad (50), Abduljalel Ajagun (83).

Navoiy viloyatidanman. Samarqand Davlat Universitetining Psixologiya yoʻnalishini tamomlaganman. “Daryo”da 2021-yildan buyon Sport boʻlimida muxbir lavozimida ishlayman va jahon, oʻzbek sportida yuz berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. “Ideal kunlar” mening eng sevimli filmim. Kitoblardan esa Oldos Hakslining “Oo, ajib yangi dunyo” asari menga juda yoqadi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar