Daryo

OCHL-2. “Nasaf” safarda Kuvayt klubi bilan durang o‘ynadi 

Futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar Ligasi 2 musobaqasi start oldi

1 daqiqa o‘qish9 245 ko‘rishlar0 izoh0

Futbol bo‘yicha OCHL-2 turniri 18-sentyabr, chorshanba kuni start oldi.

“Nasaf” Kuvaytning “Kuvayt” jamoasiga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuvning 90 daqiqasida ham darvozalar ishg‘ol etilmadi va o‘yin 0:0 hisobi bilan yakunlandi. Har ikkala jamoa ham bir ochkodan jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi.

Qarshi jamoasi ikkinchi turda “Shabob al-Ahli” jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv 2-oktyabr sanasida bo‘lib o‘tadi.

OCHL-2

1-tur bahsi

18-sentyabr, chorshanba

“Kuvayt” – “Nasaf” 0:0

“Kuvayt”: 33.Suod Alhushan, 2.Sami Alsenea, 3.Masheri Alenezi, 4.Redha Abujabara (9.Faysal Alharbi, 82), 11.Muhammad Abdulloh, 14.Ahmad Ismoil (8.Ahmad Aldhefiri, 69), 20.Yusuf Alsulaymon (27.Yassin Henessi, 46), 22.Amine Abulfath, 26.Muhammad Marhud (21.Alipur Dara, 82), 35.Arsene Zola Kiaku, 37. Yaxyo Jabrane.

“Nasaf”: 35.Abduvohid Ne’matov, 4.Dilshodjon Komilov, 5.G‘olib G‘aybullayev, 7.Akmal Mozgovoy, 8.Zafarmurod Abdirahmatov (6.Murodbek Rahmatov, 58), 10.Bobir Abdixoliqov (77.Oybek Bozorov, 58), 14.Sharof Muhiddinov, 19.Stefan Cholovich (21.Doniyorjon Narzullayev, 87), 23.Yuel Valentino, 28.Shuhrat Muhammadiyev, 88.Marko Stanoyevich (9.Javohir Sidiqov, 73).

Ogohlantirish: Arsene Zola Kiaku (49).

Navoiy viloyatidanman. Samarqand Davlat Universitetining Psixologiya yoʻnalishini tamomlaganman. “Daryo”da 2021-yildan buyon Sport boʻlimida muxbir lavozimida ishlayman va jahon, oʻzbek sportida yuz berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. “Ideal kunlar” mening eng sevimli filmim. Kitoblardan esa Oldos Hakslining “Oo, ajib yangi dunyo” asari menga juda yoqadi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar