Daryo

La Liga “Barselona”—“Atletiko” o‘yinini Mayamida o‘tkazishdan bosh tortdi 

Kataloniyaliklar AQSHda uchrashuv o‘tkazish orqali taxminan 6 million yevro daromad olishni rejalashtirgan va muxlislar uchun charter reyslarini tashkil etish bo‘yicha muzokaralar olib borgan edi

1 daqiqa o‘qish8 263 ko‘rishlar0 izoh0

La Liga AQSHda o‘yin o‘tkazishni rad etdi.

Foto: Getty Images

Ispaniya chempionatining 18-turidan o‘rin olgan “Barselona” va “Atletiko” o‘rtasidagi bahs Mayamida o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi. Biroq Diario Sport nashrining xabariga ko‘ra, La Liga bu g‘oyadan voz kechgan va uchrashuv Kataloniyada bo‘lib o‘tadi.

Bunday qarorning sabablaridan biri Ispaniyada yaqinda sodir bo‘lgan suv toshqini bilan bog‘liq. La Liga prezidenti Xaver Tebas hozirgi paytda uchrashuvni Qo‘shma Shtatlarda o‘tkazish uchun munosib vaqt emas, deb hisoblamoqda.

Rejalarning bekor qilinishining yana bir sababi Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasidagi vaziyatdir. Hozirda u yerda doimiy prezident yo‘q. Aynan shu tashkilot o‘yinning mamlakat tashqarisida o‘tkazilishini tasdiqlashi kerak, ammo hozircha uni vaqtinchalik direktorlar kengashi boshqarmoqda.

La Liga rahbariyati 2025-yilda AQSHda o‘yin o‘tkazish imkoniyatini istisno etmaydi.

Ispaniya chempionati o‘yinini xorijda o‘tkazish g‘oyasi uchinchi marta amalga oshmadi: dastlabki ikki urinish 2019-yilda “Jirona” — “Barselona” va “Vilyarreal” — “Atletiko” o‘yinlari bilan bo‘lgan edi.

“Ko‘k-anorranglilar” Mayamida uchrashuv o‘tkazish orqali taxminan 6 million yevro daromad olishni rejalashtirgan va muxlislar uchun charter reyslarini tashkil etish bo‘yicha muzokaralar olib borgan edi.

Navoiy viloyatidanman. Samarqand Davlat Universitetining Psixologiya yoʻnalishini tamomlaganman. “Daryo”da 2021-yildan buyon Sport boʻlimida muxbir lavozimida ishlayman va jahon, oʻzbek sportida yuz berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. “Ideal kunlar” mening eng sevimli filmim. Kitoblardan esa Oldos Hakslining “Oo, ajib yangi dunyo” asari menga juda yoqadi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar