Daryo

Moldovaning amaldagi prezidenti saylovda g‘alaba qozondi 

Mayya Sandu saylovda yutganini aytib, “barcha uchun prezident” bo‘lishga va’da berdi

1 daqiqa o‘qish8 834 ko‘rishlar0 izoh0

Moldovaning amaldagi prezidenti Mayya Sandu saylovning ikkinchi bosqichida g‘alaba qozonganini e’lon qildi va “barcha uchun prezident” bo‘lishga va’da berdi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.

Foto: Getty Images

Moldovada 3-noyabr kuni prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Davlat rahbari kursisini egallash uchun amaldagi prezident Mayya Sandu va sobiq bosh prokuror, muxolifatdagi sotsialistlar partiyasidan nomzod Aleksandr Stoyanoglo kurashdi.

O‘tgan saylovlarda faol ishtirok etganlari uchun saylovchilarga minnatdorlik bildirmoqchiman. Bundan tashqari, har bir fuqaroning ovozi, ular meni yoki raqibim Aleksandr Stoyanogloni afzal ko‘rganidan qat’i nazar mamlakatimiz kelajagiga qo‘shilgan hissa hisoblanadi, dedi Sandu.

U Stoyanogloning respublikada barqarorlik, osoyishtalik va tinchlikni saqlashga da’vatini qo‘llab-quvvatladi. Hamma uchun prezident bo‘lishga va’da beraman, deya qo‘shimcha qildi siyosatchi.

Sandu, shuningdek, siyosiy qarashlaridan qat’i nazar, mamlakatda barqarorlik va fuqarolar o‘rtasida ishonchni mustahkamlash uning ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qolishini aytdi.

Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, ovozlarning 99,1 foizi hisoblab chiqilganida Sandu prezidentlik saylovining ikkinchi bosqichida 55, 06 foiz, Stoyanoglo esa 44,94 foiz ovoz bilan yetakchilik qilmoqda.

Mayya Sandu Yevropa integratsiyasi, Rossiyaga qarshi sanksiyalar va ommaviy axborot vositalari ustidan nazoratni kuchaytirish siyosatini qo‘llab-quvvatlaydi. Stoyanoglo, o‘z navbatida, Yevropa bilan integratsiyani qo‘llab-quvvatlasa-da, Moskva bilan pragmatik munosabatlarni saqlab qolishni afzal ko‘radi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar