Daryo

Moldovada saylovdagi ovozini “sotgan” fuqarolar jarimaga tortildi 

Politsiyadan “passiv saylov korrupsiyasi” holatlari bo‘yicha 350 ta xabar kelib tushgan

1 daqiqa o‘qish6 803 ko‘rishlar0 izoh0

Moldovada 20-oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlari va mamlakatning Yevropa ittifoqiga qo‘shilishi bo‘yicha o‘tkazilgan referendumda ovozlarini “sotgan” fuqarolar jarimaga tortildi. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.

Foto: Radio Moldova

Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy markazi politsiyadan “passiv saylov korrupsiyasi” holatlari bo‘yicha 350 ta xabar olgan. Ushbu huquqbuzarlik munosabati bilan fuqarolar jami 1 million leyga yaqin (52 000 yevro) jarimaga tortilgan.

Moldova qonunchiligida “passiv saylov korrupsiyasi” saylovchi o‘zi yoki boshqa shaxs uchun saylov huquqlarini amalga oshirish yoki oshirmaslik maqsadida shaxsan yoki vositachi orqali o‘ziga tegishli bo‘lmagan har qanday shakldagi tovarlar, xizmatlar, imtiyozlar yoki afzalliklarni talab qilishi, qabul qilishi yoki olishi hisoblanadi.

Bunday huquqbuzarlik uchun jarima miqdori 25 ming leydan 37 500 leygacha (1299-1949 yevro) belgilangan.

Prezidentlik saylovi natijalari

Moldovada prezidentlik saylovining birinchi turi natijalariga ko‘ra, amaldagi davlat rahbari Mayya Sandu 42 foiz ovoz oldi. Uning Rossiyani qo‘llab-quvvatlovchi muxolifatdagi Sotsialistlar partiyasidan bo‘lgan raqibi, Moldova sobiq prokurori Aleksandr Stoyanoglo 26 foiz ovoz to‘pladi.

Moldovaning Yevropa ittifoqiga qo‘shilishi bo‘yicha referendumda integratsiya tarafdorlari minimal ustunlik bilan g‘alaba qozondi. Barcha byulletenlarni sanab chiqish natijalariga ko‘ra, u 50,38 foiz ovoz oldi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar