Daryo

“Nasaf” o‘z tarixida birinchi bor O‘zbekiston Superligasi chempioniga aylandi

“Lokomotiv” klubini mag‘lub etgan jamoa “OKMK” bilan ochkolar farqini 10 taga yetkazib, chempionlikni qo‘lga kiritdi

1 daqiqa o‘qish16 338 ko‘rishlar0 izoh0

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasidan o‘rin olgan 23-tur uchrashuvi “Do‘stlik” stadionida bo‘lib o‘tdi.

Foto: “Nasaf” fk

Unda “Lokomotiv” “Nasaf” bilan uchrashdi. 

Uchrashuvning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi. 35-daqiqada “Lokomotiv” futbolchisi Ivan Rogach qizil kartochka oldi. Hech qanday qo‘pollik qilmagan futbolchi nega maydondan chetlatilgani noma’lum.

Ikkinchi bo‘limning 73-daqiqasida Akmal Mozgovoy chalqancha uslubda gol urib hisobni ochdi. 82-daqiqada Cholovich ham ajoyib imkonga ega bo‘ldi. Uning zarbasini “Loko” darvozaboni bartaraf etdi. Uchrashuvda tomonlar boshqa to‘p kirita olmadi.

Uchrashuv minimal 0:1 hisobida qarshiliklar g‘alabasi bilan yakunlandi.

Foto: “Nasaf” fk

Shu tariqa uch tur qolganida ikkinchi o‘rinda borayotgan “OKMK” klubidan 10 ochko o‘zib ketgan “Nasaf” o‘z tarixida birinchi bor O‘zbekiston Superligasi chempioni bo‘ldi.

Jamoa 4 karra Superligada kumush medallarini qo‘lga kiritgan va shuncha bor O‘zbekiston Kubogini qo‘lga kiritgan.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar