Daryo

La Liga suv toshqini sababli “Valensiya” — “Real” o‘yinini boshqa kunga qoldirdi

Ispaniyaning janubi-sharqida yuz bergan suv toshqinlari sababli hozirgi qadar 95 kishi halok bo‘lgani xabar qilingan

1 daqiqa o‘qish6 476 ko‘rishlar0 izoh0

La Liga “Valensiya” — “Real” va yana bir nechta o‘yinni suv toshqinlari sababli kechiktirdi.

Ispaniyaning janubi-sharqida yuz bergan suv toshqinlari sababli hozirgi qadar 95 kishi halok bo‘lgani xabar qilindi. 

“Valensiya”ning Ispaniya Kubogi doirasidagi “Levante”ga qarshi o‘yini va chempionatdagi “Real”ga qarshi bahs boshqa kunga qoldirildi. 

La Liga 2-noyabr kuni bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan “Valensiya” — “Real”, “Vilyarreal” — “Rayo Valyekano” o‘yinlarini kechiktirdi.

Shuningdek, Segundadagi “Kastelyon” — “Rasing Ferrol” (3-noyabr), “Eldense” — “Ueska” (3-noyabr), “Levante” — “Malaga” (4-noyabr) kabi bahslar ham qoldirilgan.

Liga klublardan o‘yinlarni o‘tkazish uchun yangi sana takliflarini 5-noyabrga qadar jo‘natishini so‘ragan.

Ispaniya chempionatidagi o‘yinlar vafot etganlar xotirasi uchun bir daqiqalik sukut bilan boshlanishi ma’lum qilindi.

Navoiy viloyatidanman. Samarqand Davlat Universitetining Psixologiya yoʻnalishini tamomlaganman. “Daryo”da 2021-yildan buyon Sport boʻlimida muxbir lavozimida ishlayman va jahon, oʻzbek sportida yuz berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. “Ideal kunlar” mening eng sevimli filmim. Kitoblardan esa Oldos Hakslining “Oo, ajib yangi dunyo” asari menga juda yoqadi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar