Daryo

Lukashenko: “Rossiya-Ukraina mojarosida durang bo‘lishi mumkin”

“G‘arb Ukrainada muzokara qilish zarurligini nihoyat anglab yetdi. Bu vaziyatda durang ham bo‘lishi mumkin. Men buni sport tilida aytyapman”, dedi Belarus prezidenti

1 daqiqa o‘qish8 908 ko‘rishlar0 izoh0

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiya va Ukraina mojaroni hech qanday shartlarsiz hal qilish uchun muzokaralarni boshlashi kerak, deb hisoblaydi. Uning fikricha, Minsk ham muzokaralar stolida bo‘lishi kerak.

“Mening sivilizatsiyalashgan G‘arbning aqlli vakillari bilan so‘nggi aloqalarim bizda ma’lum bir oldinga siljish yuzaga kelganidan dalolat beradi. G‘arb Ukrainada muzokara qilish zarurligini nihoyat anglab yetdi. Bu vaziyatda durang ham bo‘lishi mumkin. Men buni sport tilida aytyapman”, dedi Lukashenko Minskdagi Yevrosiyo xavfsizligi bo‘yicha xalqaro konferensiyada.
Foto: “Nikvesti”

Belarus prezidenti yer yuzidagi vaziyat har kuni o‘zgarib borayotganini ta’kidladi. Uning fikricha, endi hamma narsa bir kishiga — Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga bog‘liq. Lukashenkoning fikricha, ukrainalik harbiylar “bu qirg‘inni to‘xtatmoqchi”.

“Ukraina jang maydonida g‘alaba qozona olmaydi. Ukrainaliklar va G‘arb buni allaqachon tushunib yetmoqda. Shu sababli muzokara o‘tkazishimiz kerak”, dedi Belarus prezidenti.

Aleksandr Lukashenko, shuningdek, Belarus “muzokaralar stolida” turishi kerakligini aytdi. U o‘z mamlakati uchun xavfsizlik kafolatlarini muhokama qilmoqchi.

Belarus prezidenti bir necha bor Rossiya va Ukrainani imkon qadar tezroq muzokara stoliga o‘tirishga chaqirgan. Lukashenkoning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralar 2022-yil martida Istanbulda erishilgan kelishuvlarga asoslanishi kerak. Sentyabr oyida u Vladimir Zelenskiy AQSH bosimi tufayli Rossiya tomoni bilan aloqaga chiqmayotganini aytgandi.

Toshkentdanman. O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetini tamomlaganman. 20 yildan beri jurnalistika sohasidaman. “Daryo”da 2022-yildan beri ishlayman. Hozirda Tahlil va tarjima bo‘limi boshlig‘iman. Yoqtirgan kinoim: "Balamut". Kitoblardan esa O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari yoqadi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar