Daryo

Turkmaniston Rossiyaga gaz yetkazib berishni to‘xtatdi 

“Turkmengaz” va “Gazprom” yonilg‘ining yangi narxi bo‘yicha kelisha olmadi

1 daqiqa o‘qish46 268 ko‘rishlar0 izoh0

Turkmaniston Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasiga tabiiy gaz yetkazib berishni to‘xtatdi, tomonlar yonilg‘ining yangi narxi bo‘yicha kelisha olmadi. Bu haqda “Turkmengaz” davlat konserni rahbari Babayev Maqsad ma’lum qildi.

Foto: Bloomberg

Shartnomada 30-iyun sanasiga ushbu davr uchun narxlarni qayta ko‘rib chiqish nazarda tutilgan edi: agar tomonlar narx bo‘yicha kelishuvga erishsa, shartnomani uzaytirish imkoni bor edi. Biz muzokaralar olib bordik, ammo tijorat masalasida umumiy kelishuvga erisha olmadik. 

Shuning uchun, shartnoma shartlariga muvofiq, aynan shu davrda narx qayta ko‘rib chiqilishi lozim edi va agar tomonlar kelishuvga erishmasa, 30-iyunda shartnoma bekor qilinishi kerak edi. Biz shunday qildik, dedi Babayev.

U “Turkmengaz” uchun gaz yetkazib berishni boshlash, qayta tiklash yoki to‘xtatishning asosiy sharti tijorat qismi ekanini ta’kidladi.

Oldi-sotdi shartnomalari aynan manfaatdorlik, o‘zaro manfaatli hamkorlik nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqiladi. Bugungi kunda bizda turli tomondan – shimoliy, g‘arbiy, sharqiy tomondan talab ortib bormoqda. Shuning uchun, aytish mumkinki, biz har kuni turli xaridorlar va mamlakatlar bilan muzokaralar olib boramiz, shu tufayli hamma narsa bo‘lishi mumkin, deya u Rossiyaga yetkazib berishni qayta tiklash imkoniyati haqidagi savolga javob berdi.

Shuningdek, Babayev hozirda Turkmaniston – O‘zbekiston – Qozog‘iston – Xitoy transmilliy gaz quvurining to‘rtinchi tarmog‘ini qurish bo‘yicha muzokaralar ketayotganini ma’lum qildi.

Bugungi kunda biz doimiy muzokaralar jarayonidamiz. Hozircha narx masalasida kelishuvga erishilmagan bo‘lsa-da, bu muzokaralar davom etmoqda. Yaqin vaqt ichida kelishuvga erishishimizga umid qilaman, deya ta’kidladi u.

“Gazprom” 2019-yilda “Turkmengaz” davlat korxonasidan besh yil muddatga — 2024 yil 30 iyungacha tabiiy gaz sotib olish bo‘yicha shartnoma tuzgandi. Unga ko‘ra, Turkmanistondan “Gazprom”ga gaz yetkazib berish hajmi yiliga 5,5 milliard kub metrni tashkil etgan.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar