Daryo

Superliga. “Neftchi” safarda “OKMK” ustidan g‘alaba qozondi

Chempionlik uchun kurashayotgan olmaliqliklar ochko yo‘qotdi

1 daqiqa o‘qish6 010 ko‘rishlar0 izoh0

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 22-turidan o‘rin olgan bahs 28-oktyabr, dushanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: “Neftchi”

“Neftchi” safarda “OKMK” mehmoni bo‘ldi. O‘yinning 14-daqiqasida farg‘onaliklar futbolchisi Anvar G‘ofurov hisobni ochdi. Birinchi bo‘lim shu hisob bilan yakunlandi.

Ikkinchi bo‘limda ham mehmonlarning ustunligi davom etdi. 81-daqiqaga kelib, Nsungusi Effiong “Neftchi”ning ikkinchi golini urdi. O‘yin oxirida esa Dilshodbek Ahmadaliyev hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi.

Shu tariqa “Neftchi” 2:1 hisobidagi g‘alabani rasmiylashtirdi.

Farg‘ona jamoasi ushbu g‘alabadan so‘ng ochkolarini 33 taga yetkazdi va musobaqa jadvalida 5-o‘rinda bormoqda. “OKMK” esa 39 ochko bilan 2-o‘rinni band etgan.

Superliga

22-tur

28-oktyabr, dushanba

“OKMK” — “Neftchi” 1:2

Gollar: Anvarjon G‘ofurov, 14 (0:1), Nsungusi Effiong, 81 (0:2), Dilshodbek Ahmadaliyev, 90+2 (1:2).

“OKMK”: 35. Javohir Ilyosov, 4. Mirjamol Qosimov ( 30. Abror Sarimsoqov,46), 5. Giorgi Papava (3. Sardor Rahmonov,46), 9. Ruben Sanches Peres, 10. Xurshid G‘iyosov, 11. Kleydzi Dasi, 13. Eldorbek Begimov (7. Dilshodbek Ahmadaliyev, 76), 15. Oybek Rustamov, 20. Islom To‘xtaxo‘jayev, 22. Shohruh Gadoyev, 28. Arixiro Sentoku (19. Mixael Klepach,70).

“Neftchi”: 1. Botirali Ergashev, 2. Zoir Jo‘raboyev, 4. Boyan Siger, 20. Anvarjon G‘ofurov, 22. Azizbek Amonov ( 70. Abbosjon G‘ulomov, 74)  23. Diyorjon Turopov, 24. G‘ulom Haydar Gulyamov, 30. Quvondiq Ro‘ziyev (11. Javohir Qahramonov,74) 55. Manuchehr Safarov, 77. Bilolxon Toshmirzayev, 99. Nsungussi Effiong.

Ogohlantirish: Azizbek Amonov (29).

Navoiy viloyatidanman. Samarqand Davlat Universitetining Psixologiya yoʻnalishini tamomlaganman. “Daryo”da 2021-yildan buyon Sport boʻlimida muxbir lavozimida ishlayman va jahon, oʻzbek sportida yuz berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. “Ideal kunlar” mening eng sevimli filmim. Kitoblardan esa Oldos Hakslining “Oo, ajib yangi dunyo” asari menga juda yoqadi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar