Daryo

Putin Shimoliy Koreya harbiylari Rossiyada ekanini tasdiqladi

Rossiya prezidenti ilk bor KXDR harbiylari urushga yuborilishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

1 daqiqa o‘qish23 879 ko‘rishlar0 izoh0

Rossiya prezidenti Vladimir Putin ilk bor uning mamlakatida Shimoliy Koreya harbiylari borligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

Illyustrativ foto: Financial Times

Putin tegishli savolga javob berar ekan, KXDR bilan strategik hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomani eslatib o‘tdi.

Bugun, menimcha, bizning strategik hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomamiz ratifikatsiya qilindi. Unda 4-modda mavjud. Biz Shimoliy Koreya rahbariyati kelishuvlarimizga jiddiy yondashishiga hech qachon shubha qilmagan edik. Bu modda doirasida nima va qanday yo‘l tutishimiz — bizning ishimiz, dedi u.

Putin, shuningdek, Shimoliy Koreya harbiylari Rossiya hududida ekani haqidagi ma’lumotga ham izoh berdi. Avvalroq bunga ishora qiluvchi sun’iy yo‘ldosh tasvirlari paydo bo‘lgandi.

The Russian military facility at Ussuriysk, near Vladivostok, where South Korea's National Intelligence Service reported seeing North Korean military personnel gathered on the training ground, in a satellite image released by Airbus Defence and Space, October 18, 2024.

Suratlar — jiddiy masala. Agar suratlar mavjud bo‘lsa, demak, ular nimanidir aks ettiradi. E’tiboringizni shunga qaratmoqchimanki, Ukrainadagi vaziyatning keskinlashuviga Rossiyaning harakatlari emas, balki 2014-yildagi davlat to‘ntarishi sabab bo‘ldi, uni esa birinchi navbatda AQSH qo‘llab-quvvatladi, dedi Rossiya prezidenti.

Janubiy Koreya razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, Pxenyan Rossiyaga 12 ming askar jo‘natishi mumkin va ularning bir qismi allaqachon Uzoq Sharqdagi bazalarga yetib borgan. Ular ehtimol Ukraina bilan urushga jo‘natilishi mumkin, shimoliy koreyalik raketa ofitserlari esa allaqachon urushda qatnashayotgani aytilgandi. Biroq Shimoliy Koreya o‘z askarlarini  urushda ishtirok etish uchun Rossiyaga yuborgani haqidagi ma’lumotni “asossiz mish-mishlar” deb atagan.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar