Daryo

Boks bo‘yicha bahsda qatnashgan MMA jangchisi raqibini tepib, nokautga uchratdi

Abdurashidov shu zahoti musobaqalardan diskvalifikatsiya qilingan

1 daqiqa o‘qish31 884 ko‘rishlar0 izoh0

Rossiyalik bokschi Idris Abdurashidov eronlik Bager Farajini boshiga tepib, nokautga uchratdi. Yengil vazn toifasidagi jang Tailanddagi klublardan birida boks qoidalariga ko‘ra bo‘lib o‘tdi.

Abdurashidov uchun bu jang uning boksdagi debyuti edi. Bahs rossiyalik jangchi uchun qiyin kechdi. To‘rtinchi raundda esa 21 yoshli Idris raqibiga oyoq bilan zarba berdi, shundan so‘ng Faraji ringga yiqilib tushdi. Eronlik sportchi uchrashuvning g‘olibi deb topildi.

Aburashidov shu zahoti musobaqalardan diskvalifikatsiya qilingan va binoni tark etishi so‘ralgan.

Qoidalarni qo‘pol buzgani uchun Abdurashidov boks va MMA musobaqalaridan umrbod diskvalifikatsiya qilinishi mumkin. Ilgari Idris aralash yakkakurash qoidalari bo‘yicha musobaqalarda qatnashgan. U janglardagi to‘rtta g‘alabani nokaut bilan qo‘lga kiritgan va birorta ham mag‘lubiyatga uchramagan.

Foto: Instagram

Bu voqea ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgach, Abdurashidov Faraji bilan tushgan suratni joylashtirdi: “Qo‘l tashladik, oramizda hammasi joyida”.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar