Daryo

Oleksandr Usik MMA qoidalari asosida jang qilmoqchi

Og‘ir vazn toifasida mutlaq jahon chempioni, ukrainalik bokschi Oleksandr Usik bloger va bokschi Jeyk Polga qarshi oktagonga chiqishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

1 daqiqa o‘qish1 878 ko‘rishlar0 izoh1

Og‘ir vazn toifasida mutlaq jahon chempioni, ukrainalik bokschi Oleksandr Usik bloger va bokschi Jeyk Pol bilan MMA qoidalari asosida oktagonda jang qilishga tayyor ekanini ma’lum qildi.

“Yaxshi reja. Lekin men bu yerga beshinchi o‘rin uchun kelmaganman — menga faqat birinchi o‘rin kerak. Tez orada boks sahifasini yopaman, undan keyin seni oktagonda kutaman. Ko‘ramiz, sendagi narsa chinakam jasoratmi yoki shunchaki sarlavhalarga bo‘lgan muhabbatmi?”, deb yozdi Usik o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, Jeyk Pol avvalroq o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali Usikka oktagonda jang qilishni taklif qilgan edi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda Pol yengil vazn toifasida sobiq jahon chempioni Jervonta Devisga qarshi ko‘rgazmali jangga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Mazkur bahs 15-noyabr kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Usik professional boksda 2013-yildan beri ishtirok etadi. Uning hisobida 24 ta g‘alaba mavjud bo‘lib, ulardan 15 tasini nokaut orqali qo‘lga kiritgan va birorta ham mag‘lubiyatga uchramagan. 

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar