Daryo

WSJ: Qodirovning sheriklari Mariupoldagi zavoddan texnikalarni olib ketmoqda

Texnikalar, ko‘mir va sanoat gazlari G‘arb sanksiyalariga uchragan Rossiyaga jo‘natilayotgani aytilmoqda

1 daqiqa o‘qish24 013 ko‘rishlar0 izoh0

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov va uning sheriklari Ilich nomidagi Mariupol metallurgiya kombinatining zamonaviy metallurgiya uskunalarini demontaj qilib sotmoqda. Bu haqda menejerlar va qo‘lga kiritilgan hujjatlarga tayanib, The Wall Street Journal xabar berdi.

Foto: “TASS”

Xabarga ko‘ra, zavoddagi metallomni G‘arb sanksiyalariga uchragan Rossiya avtomobil ishlab chiqaruvchilari foydalanishi uchun jo‘natishmoqda. Inert gazlarni esa Rossiya kosmik dasturiga uzatishmoqda. 

Rossiya Mariupolni nazoratga olganidan ko‘p o‘tmay, shoshilinch tashkil etilgan mahalliy “Ilich nomidagi MMK” kompaniyasi ishlamayotgan zavoddan po‘lat mahsulotlarini Rossiyaga olib chiqishni boshlagan. Mazkur kompaniya 2022-yil avgustda ikki shaxs nomiga ro‘yxatdan o‘tkazilgan, deyiladi xabarda.

WSJ ma’lumotlariga ko‘ra, mulkdorlardan biri chechenistonlik tadbirkor Valid Korchagin, ikkinchisi esa harbiylar bilan aloqador rossiyalik tadbirkor Yuriy Muray. U noqonuniy anneksiya qilingan Qrimga Rossiya Mudofaa vazirligi uchun yuklarni tashigan.

Ilich nomidagi kombinat urushgacha Ukrainaning eng yirik korxonalaridan biri edi. Keng ko‘lamli bosqin boshlangach, zavod Rossiya nazorati ostiga o‘tdi. Mahalliy aholining xabar berishicha, shundan so‘ng Qodirovning sheriklari kombinatda metallni “sanoat miqyosida” kesib, sota boshlagan.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar