Daryo

Turkiya aeroportida ayol bolasini dunyoga keltirib, hojatxonaga tashlab ketdi 

Yangi tug‘ilgan chaqaloqni 12 daqiqadan so‘ng farrosh ayol topib olgan

1 daqiqa o‘qish30 190 ko‘rishlar0 izoh0

Turkiya aeroportida 2006-yilda tug‘ilgan rossiyalik ayol farzandini hojatxonada dunyoga keltirib, uni unitazga tashlab ketdi. Bu haqda Rossiya bosh konsulligiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: Kayserim.net

Ma’lum qilinishicha, bola 13-oktyabr kuni kechqurun tug‘ilgan. Rossiya fuqarosi Moskvaga uchib ketishdan oldin imkoniyati cheklanganlar hojatxonasiga kirgan. U chaqaloqni hojatxonada qoldirib, pasport nazoratidan o‘tishga ketgan. Yangi tug‘ilgan chaqaloqni 12 daqiqadan so‘ng farrosh ayol topib olgan. 

“Aeroport xodimlari chaqaloqni topgandan so‘ng, ushbu rossiyalik ayol va uning onasi mahalliy vakolatli xizmatlar tomonidan qo‘lga olingan. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayni paytda yangi tug‘ilgan chaqaloq onasi bilan Antaliya tibbiyot muassasasida yotibdi, bosh konsulxona xodimi ularni ko‘rgani kelgan. Rossiyaliklarga zarur yordam ko‘rsatilmoqda, ularning sog‘lig‘iga hech narsa tahdid solmayapti”, deydi diplomatik vakolatxona.
Kollaj: Telegram 

Rossiya bosh konsulxonasi bolaga tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish choralarini ko‘rmoqda. Ayol “ortiqcha vazni” tufayli homilador bo‘lganini bilmaganini aytgan. 

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar