Daryo

Toni Kroos “Oltin to‘p”ga kim munosib ekani haqida gapirdi

2023-yilgi sovrinni Lionel Messi qo‘lga kiritgan edi

1 daqiqa o‘qish23 336 ko‘rishlar0 izoh0

“Real” klubining sobiq yarim himoyachisi Toni Kroos “Oltin to‘p”ni kim olishi kerakligi haqidagi savolga javob berdi.

Foto: Getty Images

“Mukofotni Vinisius, Bellingem yoki Karvaxal olishi kerak. Uch futbolchi kelishib o‘zaro qaror qilishlari kerak. Men mukofotni o‘zimga topshirgan bo‘lardim. Asosiysi, u “Real” futbolchisi bo‘lishi kerak, chunki biz Yevropaning eng muvaffaqiyatli jamoasi bo‘ldik”, deya Kroosning so‘zlarini keltiradi Goal nashri.

“Oltin to‘p”ni topshirish marosimi 28-oktyabr kuni Parijdagi Shatle teatrida bo‘lib o‘tadi. OAV xabariga ko‘ra, sovringa asosiy da’vogar “Real Madrid”ning braziliyalik hujumchisi Vinisius Junior bo‘lib turibdi.

Ma’lumot uchun, 2023-yilgi “Oltin to‘p” sovrinini Lionel Messi qo‘lga kiritgan.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar