Daryo

Isroil hujumi Falastinga qancha zarar keltirdi?

Jahon banki harbiy harakatlar oqibatida yetkazilgan zarar summasini hisoblab chiqdi

1 daqiqa o‘qish18 082 ko‘rishlar0 izoh0

Falastin hududidagi harbiy harakatlar taxminan 14-20 milliard dollarlik vayronagarchilikka olib keldi. Bu haqda Jahon banki prezidenti Ajay Banga ma’lum qildi.

Foto: Getty Images

Bangning ta’kidlashicha, mazkur summa Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Yevropa Ittifoqi bilan birgalikdagi hisob-kitoblarga asoslanadi. 

Ushbu urushning iqtisodiy zarari ko‘p jihatdan uning qanchalik keng tarqalishiga bog‘liq. Agar u tarqalmasa,  jahon iqtisodiy tizimiga kamroq zarar yetkazishi mumkin, chunki G‘azo sektori va Falastin jahon iqtisodiyotiga nisbatan kam hissa qo‘shadi, dedi Ajay Banga.

Jahon banki prezidenti so‘zlariga ko‘ra, agar u mintaqada keng yoyilsa, bu butunlay boshqa muammo bo‘ladi. Chunki bu holda u dollar ekvivalenti bo‘yicha ham, qazilma boyliklar, metallar, neft va shu kabi resurslar nuqtayi nazaridan dunyo iqtisodiyotiga katta hissa qo‘shayotgan hududlarda tarqaladi.

Falastin bosh vaziri Muhammad Mustafo 12-sentyabr kuni The Washington Post gazetasida chop etilgan maqolasida G‘azo sektoridagi vayronagarchiliklar va aholining qurbon bo‘lishi misli ko‘rilmagan darajaga yetganini aytgandi. U tiklanish uchun xalqaro darajada ulkan sa’y-harakatlar talab etilishini bildirgan.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar