Daryo

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyligiga asosiy nomzod ma’lum bo‘ldi

Erik ten Hag o‘z lavozimini tark etishi mumkin

1 daqiqa o‘qish31 659 ko‘rishlar0 izoh0

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Hag o‘z lavozimini tark etishi mumkin.

Foto: Getty Images

TEAMtalk xabariga ko‘ra,, “Manchester Yunayted” allaqachon ten Hag o‘rniga ustuvor nomzodni aniqlab olgan — u germaniyalik mutaxassis Tomas Tuxel hozirda ishsiz. Qayd etilishicha, Tuxel Premyer Ligaga qaytishni istaydi va ingliz futboli uning murabbiylik falsafasiga juda mos keladi, deb hisoblaydi.

Ma’lumot uchun, ten Hag mankunianliklar bosh murabbiyi lavozimiga 2022-yilning yozida tayinlangan edi. Bu davrda gollandiyalik mutaxassis ikkita sovrinni qo‘lga kiritdi: Angliya Kubogi va Angliya Liga Kubogi.

Ayni vaqtda “Manchester Yunayted” Angliya chempionati turnir jadvalida 13-o'rinda bormoqda. Erik ten Hag shogirdlari oltita o‘yindan so‘ng yetti ochko to‘plashga erishdi.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar