Daryo

WBO reytingi yangilandi. Shahram G‘iyosov peshqadamlikni saqlab qoldi, Murodjon Ahmadaliyev pastladi

Butunjahon boks tashkiloti sentyabr oyi yakunida yangilangan reytingni eʼlon qildi

1 daqiqa o‘qish37 063 ko‘rishlar0 izoh0

Butunjahon boks tashkiloti (WBO) sentyabr oyi yakunida yangilangan reytingni eʼlon qildi.

Foto: Getty Images

Undan 7 nafar o‘zbekistonlik bokschi o‘rin oldi. Birinchi o‘ta yengil vazn toifasida jang qiluvchi Hasanboy Do‘stmatov 2 pog‘ona pastladi. O‘zbekiston boks terma jamoasining yangi sardori hozirda 10-o‘ringa joylashdi. -50,8 kg vazn toifasida jang qiluvchi Olimjon Nazarov bir pog‘ona yuqorilab 4-o‘rinda qayd etildi. Murodjon Ahmadaliyev hamda Bektemir Meliqo‘ziyev ham o‘z o‘rinlaridan pastladi. Shahram G‘iyosov vazn peshqadamligini saqlab turibdi.

  • Hasanboy Do‘stmatov (birinchi o‘ta yengil vazn (-48,8 kg): o‘tgan oydagidan 2 pog‘ona pastlab, 10-o‘ringa joylashdi;
  • Olimjon Nazarov (o‘ta yengil vazn toifasi -50,8 kg) o‘tgan oydagidan bir pog‘ona yuqorilab, 4-o‘rinni egalladi;
  • Murodjon Ahmadaliyev (birinchi yarim yengil vazn toifasi -55,3 kg) o‘tgan oydagidan 3 pog‘ona pastlab, 8-o‘rinni egalladi;
  • Muhammad Sheyxov (birinchi yarim yengil vazn toifasi -55,3 kg) o‘tgan oydagidan bir pog‘ona yuqorilab, 5-o‘rinni egalladi;
  • Shahram G‘iyosov (yarim o‘rta vazn toifasi -66,6 kg) o‘tgan oydagi kabi vazn peshqadami;
  • Bektemir Meliqo‘ziyev (super o‘rta vazn - 76,2 kg) o‘tgan oydagidan 2 pog‘ona pastlab, 11-o‘ringa joylashdi;
  • Bahodir Jalolov (super og‘ir vazn - 90,7 kg) o‘tgan oydagidek 15-o‘rinda qoldi.
Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar