Daryo

Isroil BMT bosh kotibini persona non grata deb e’lon qildi va unga mamlakatga kirishni taqiqladi

“Eronning Isroilga qarshi jirkanch hujumini so‘zsiz qoralay olmasa, Isroil tuprog‘iga qadam qo‘yishga loyiq emas”, dedi Isroil tashqi ishlar vaziri Israel Kats

1 daqiqa o‘qish10 820 ko‘rishlar0 izoh0

Isroil tashqi ishlar vaziri Israel Kats BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishni persona non grata deb e’lon qildi. Bunga Guterrish Eronning Isroilga uyushtirgan raketa hujumini so‘zsiz qoralamaganini sabab qilib keltirdi.

"BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishga mamlakatga kirish taqiqlandi", deb yozdi Kats X ijtimoiy tarmog'ida.

Foto: “Un.org”

“Eronning Isroilga qarshi jirkanch hujumini so‘zsiz qoralay olmasa, dunyoning deyarli barcha davlatlaridan farqli o‘laroq, Isroil tuprog‘iga qadam qo‘yishga loyiq emas”, deb davom etdi u.

Kats, shuningdek, Guterrishni 2023-yil 7-oktyabrda Isroilga qilingan HAMAS hujumini haligacha qoralamaganlikda va HAMASni terrorchi tashkilot deb eʼlon qilishga urinmaganlikda aybladi.

Kecha 1-oktyabr kuni Eron Isroilga ko‘p miqdordagi ballistik raketalar bilan hujum qildi. Isroil mazkur hujumga vaqti kelganda javob berishini ma’lum qildi.

Toshkentdanman. O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetini tamomlaganman. 20 yildan beri jurnalistika sohasidaman. “Daryo”da 2022-yildan beri ishlayman. Hozirda Tahlil va tarjima bo‘limi boshlig‘iman. Yoqtirgan kinoim: "Balamut". Kitoblardan esa O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari yoqadi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar