Daryo

Xonanda Ruxshona ikki farzandi bilan uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi 

“Alloh yozgan taqdirni bandalari muhokama qilishi bu katta xato”, deydi xonanda

1 daqiqa o‘qish377 308 ko‘rishlar0 izoh0

Xonanda Ruxshona Instagram sahifasi orqali kuzatuvchilarini qiziqtirgan savollarga javob berar ekan, turmush o‘rtog‘ining birinchi turmushi ekanligini aytib o‘tdi.

Foto: Instagram

 

— Turmush o‘rtog‘ingiz bilan oralaringizdagi yosh farqi necha yil?

— Ular mendan 3 yosh kattalar. Men 30, turmush o‘rtog‘im esa 33 yoshlar.

— Farzandlaringiz turmush o‘rtog‘ingizni nima deb chaqirishadi? Ular sizlar bilan yashashyaptimi?

Foto: Instagram

 

— “Papa” (dada) deb chaqirishadi. Albatta birga yashayapmiz. Xo‘jayinim, men va bolalarimiz.

— Eringizning oldin oilalari bo‘lganmi?

— Yo‘q, xo‘jayinimning faqat bitta oilalari bor. Ular avval uylanmaganlar va bitta xotinlari, ya’ni men va hozircha ikki farzandlari bor.

Foto: Instagram

 

— Negativlar kamaydimi to‘yingizdan keyin yoki aksimi?

— Negativ har doim bo‘lgan va bo‘ladi. Baxtsiz insonlar negativ yozadi o‘zi, bunga e’tibor berish kerak emas. Alloh yozgan taqdirni bandalari muhokama qilishi bu katta xato.

Ruxshona 28-oktyabr kuni Ulug‘bek ismli yigitga turmushga chiqdi. U 2021-yilning oktyabr oyida rejissyor Sanjar Matkarimov bilan ajrashgan edi. 

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar