Daryo

Isroil Yamanga ham zarbalar berishni boshladi (video) 

Yahudiy davlati armiyasi Xudayda shahridagi port va elektr stansiyalarini nishonga oldi

1 daqiqa o‘qish21 172 ko‘rishlar0 izoh0

Isroil armiyasi G‘azo sektori va Livanga hujum fonida Yamanga ham aviazarbalar berishni boshladi. Bu haqda yahudiy davlati armiyasi xabar berdi.

Foto: Videodan kadr

Ma’lum qilinishicha, Xudayda shahridagi port va elektr stansiyasiga hujum qilingan. Isroil armiyasi hujumni tasdiqlagan. Ular Yaman husiylarining Isroil chegarasidan 1800 kilometr uzoqlikdagi obyektlari nishonga olinganini aytgan. Operatsiyani yahudiy davlatining o‘nlab qiruvchi samolyotlari amalga oshirgan.

“Isroil mudofaa armiyasi neft importi uchun ishlatiladigan elektr stansiyalari va portga hujum qildi. Husiylar rejimi maqsadli infratuzilma va portlar orqali hududga Eron qurol-yarog‘lari va harbiy ta’minotlarni, shu jumladan neftni yetkazib bermoqda. Hujum Isroil hududiga raketalar uchirilishiga javoban amalga oshirilgan”, deyiladi yahudiy armiyasi bayonotida.

O‘z navbatida, Axios nashri Isroilning Yamandagi Xodeyda shahriga zarbasi AQSH Markaziy qo‘mondonligi bilan muvofiqlashtirilganini ma’lum qildi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar