Daryo

Abduqodir Husanovning “Nitssa”ga qarshi o‘yindagi harakatlari qanday baholandi?

Durang qayd etilgan uchrashuvda o‘zbekistonlik himoyachi to‘liq harakat qildi

1 daqiqa o‘qish34 779 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov “Lans” — “Nitssa” uchrashuvida o‘yinchilar orasida eng yuqori baho oldi.

Foto: Getty Images

Fransiya chempionati 6-turi doirasidagi “Lans” — “Nitssa” (0:0) o‘yinida o‘zbekistonlik 20 yoshli markaziy himoyachi o‘yin davomida jamoasi himoyasida ishonchli harakat qildi va butun o‘yin davomida faolligi bilan ajralib turdi. Abduqodir kurashlarda 6 marta to‘pni egallab oldi, 4 marta raqib zarbasini qaytarib qolishga erishdi. Bundan tashqari to‘liq o‘yin davomida havodagi kurashlarda ham ustunlik qildi.

Sofascore statistik portali lansliklar darvozaboni Bris Samba o‘yiniga 8,5 baho bergan bo‘lsa, maydondagi o‘yinchilar orasida eng yuqori ballni Husanovga berishga qaror qilgan — 8,2 baho. Mezbonlar darvozaboni Mersin Bulka ham 8,2 ball olgan.

“Lans” — “Nitssa” (0:0) uchrashuvida o‘yinchilarning baholari:

Foto: Sofascore

Ushbu durangdan so‘ng mezbonlar 10 ochko to‘plab musobaqa jadvalining 6-o‘rnida bormoqda.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar