Daryo

Durov tergovchilarga yillik daromadi 1 dirham ekanini aytdi — OAV

Milliarder Fransiyada hibsga olinganida tergovchilarga daromadi haqida ma’lumot bergan

1 daqiqa o‘qish26 531 ko‘rishlar0 izoh0

Fransiyada hibsga olinganida Telegram asoschisi Pavel Durov tergovchilarga daromadi bir dirham ekanini aytgan. Bu haqda Le Monde gazetasi xabar berdi.

Foto: AFP

Dirham — Durov so‘nggi yillarda yashagan BAAning pul birligi. Bir dirham salkam 3 500 so‘mga (26-sentyabrdagi kurs) to‘g‘ri keladi. 2017-yilda Durov soliqlar yo‘qligi sabab Telegram shtab-kvartirasini Berlindan Dubayga ko‘chirgandi. 2022-yilda u BAA fuqaroligini olgan.

Le Monde nashri ta’kidlashicha, Durov o‘zini zohid sifatida ko‘rsatishni yoqtirsa-da, “deyarli nol” maosh olishiga qaramay, multimilliarder hisoblanadi. U Forbes reytingida 15,5 milliard dollar boyligi bilan 127-o‘rinni egallaydi. Bloomberg esa Durovning boyligini 9,07 milliard dollarga baholagan.

Tadbirkor Telegram aksiyalarining asosiy qismiga egalik qiladi. U mart oyida Financial Times’ga bergan intervyusida kompaniya 30 milliard AQSH dollariga baholanganini aytgan.

Pavel Durov 24-avgust kuni Parijning Le Burje aeroportida qo‘lga olingandi. To‘rt kundan so‘ng u 5 million yevro miqdorida garov evaziga qo‘yib yuborilgan. Durov haftada ikki marta politsiya uchastkasiga kelish sharti bilan unga Fransiyadan chiqish man etilgan.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar